Eskobar Toshkentga keldi. U Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vakillar palatasi a’zolari – Alabama shtatidan respublikachi Mayk Rojers, Vashington shtatidan demokrat Adam Smit, Kaliforniya shtatidan demokrat Salud Karbaxal va Texas shtatidan demokrat Veronika Eskobar Toshkentga tashrif buyurgan. 

“Bugun biz O‘zbekistonning – AQSH strategik sherikligida yangi imkoniyatlarning ochilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Amerikalik hamkorlarimizning nafaqat parlamentlararo do‘stlik rishtalarini rag‘batlantirishda, balki biznes aloqalarni rivojlantirishdan tortib, ta’limdagi sheriklikkacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda ham qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Biz AQSHning barcha shtatlari bilan, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

“Amerika ovozi”ning yozishicha, bugun, 27 mart kuni delegatsiya Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Veronika Eskobar 1969 yil 15 sentyabrda tug‘ilgan. 2019 yilda El-Pasoda joylashgan Texasning 16-kongress okrugidan saylangan.

Demokratik partiya a’zosi, u 2007 yildan 2011 yilgacha El-Paso okrugi komissari va 2011 yildan 2017 yilgacha El-Paso okrugi sudyasi bo‘lib ishlagan. U 2020 yil 4 fevralda Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp va respublikachilar nazoratidagi Senatni “xavfsizlik uchun eng katta tahdid” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Veronika Eskobar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing