Eski mebellar va hidlangan ovqat. Kitobdagi xaroba bolalar uyi...

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova bolalar juda yomon sharoitda yashayotgani sababli Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyini tugatish kerakligini taklif qildi

Bolalar ombudsmani joriy yilning 12-15 aprel kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘lib, mazkur mehribonlik uyida quyidagi jiddiy muammolarni aniqlagan.

O‘rganish kuni muassasada 65 nafar (qizlar 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ularning 15 nafarini chin yetimlar tashkil etadi.

“Tibbiyot xonasi, stomotolog xonasi, bemorlarning alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali bo‘lib, zahkash. Bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun yetarli sharoitlar mavjud emas. Mebellar eski”, deyiladi xabarda.

Sog‘lom ovqatlantirish holatlarini o‘rganish davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova tarbiyalanuvchilar birinchi ovqatni umuman yemasdan chiqqani, ikkinchi ovqatni ham deyarli yemaganliklariga e’tibor qaratgan. Birinchi ovqatga karam sho‘rvasi qilingan bo‘lib, u o‘ta yog‘li va o‘ziga xos hidi bo‘lgan.

Bolalarga tushlikda sharbatlar berilmagan. Holat yuzasidan mahsulotlar sifatini ko‘rish uchun oziq-ovqat omboriga tashrif buyurilganda mahsulotlar sifati bo‘zilgani karam, rediska, kartoshka va noklarning chirib qolgani, go‘sht rangining o‘zgargani, ko‘plab yog‘lari borligi, go‘sht mahsulotlarini tortib ko‘rish so‘ralganda tarozi yo‘qligi, oshxonaning sanitariya holati yaxshi emasligi, idishlar yetishmasligi, bolalarga alyumin krujkalarda choy berilayotgani, krujkalarning ushlashga “quloq”lari yo‘qligi, bu esa bolalar sog‘ligi uchun xavfli ekani va bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Holatni chuqur o‘rganish uchun tuman prokuraturasidan vakil chaqirilgan va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Mehribonlik uyi

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing