Eshakning qulog‘ini kesgan shaxs qamaldi

3-sahifa

image

Buxoroda qo‘shnisiga tegishli eshakning qulog‘ini kesgan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sudning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi

Qayd etilishicha, 2023 yilning 11 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida qo‘shnisining eshagini qulog‘ini kesgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Unda muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan 38 yoshli erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ayblanib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, ayblanuvchi joriy yilning 6 aprel kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tomorqa yeriga zarar yetkazgan qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashlagandi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eshakning qulog'i Eshak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing