Ertaga jazirama O‘zbekistonni “sinovdan o‘tkazadi”
Olam
−
14 iyul 13356 2 daqiqa
Ertaga, 15 iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati 46 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotida keltirilgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja, kunduzi 39–41 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 40–45 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, ba’zi joylarda 32–33 darajagacha, kunduzi 41–46 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 41–46 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, joriy yilning 14–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Havo harorati eng issiq kunlarda hududning katta qismida 41–43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44–46 darajagacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonning 7 hududida chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul