Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 25 yanvar kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlarda 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston qor O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing