Ertaga O‘zbekiston para pauerlifting jamoasi JCHdagi ishtirokini boshlaydi
Sport
−
27 noyabr 2021
3316Joriy yilning 27 noyabr – 6 dekabr kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada 11 nafar o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblik uchun bahslarga kirishadi. Ertaga, 28 noyabr kuni Tolmas Orazimbetov shogirdlari o‘z ishtiroklarini boshlaydi.
Ayollar
1.Ro‘za Qo‘ziyeva (61 kg)
2. Qudratoy Toshpo‘latova (67 kg)
Erkaklar
1.Azizbek Turg‘unov (59 kg)
2.Sanjar Olloberganov (65 kg)
3.Yashinbek Oltiyev (72 kg)
4.Abbosxon Rahimjonov (80 kg)
5.Bahrom Qobilov (80 kg)
6.Farhod Umrzaqov (88 kg)
7.Nuriddin Davlatov (107 kg)
8.Doston Abdusattorov (+107 kg)
9.Nuriddin Mengizayev (+107 kg)
Eslatib o‘tamiz, Ro‘za Qo‘ziyeva (61 kg) Tokio Olimpiadasida ishtirok etib, 130 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘lgan edi. Shuningdek, Farhod Umrzoqov va Nuriddin Davlatov ham Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan.
LiveBarchasi