Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab chang to‘zoni kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga, 24 mart kuni O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang to‘zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang to‘zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang to‘zoni bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang to‘zoni bilan kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston chang to'zoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing