Ertaga Toshkentning uchta tumanida “svet” o‘chiriladi
Jamiyat
−
01 aprel 2024 12985 1 daqiqa
Ertaga, 2 aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan.
Shu boisdan quyidagi manzillarda elektr ta’minoti ma’lum vaqt oralig‘ida o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Abay” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani: “Zarafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Alisherobod”, “Temuriylar” va “Ijodkor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham qo‘shimcha qilingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025