Ertaga Toshkentning ayrim joylarida vaqtincha gaz o‘chiriladi

Jamiyat

−

image

Ertaga, 14 sentyabr kuni Toshkent shahrining ba’zi joylarida gaz ta’minotida uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 14 sentyabr kuni soat 11:00 dan  17:00 ga qadar Mirobod  tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda istiqomat qiluvchi istemolchilar gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.

•    Turkiston ko‘chasi;
•    Taras Shevchenko ko‘chasi;
•    Laxuti ko‘chasi;
•    Afrosiyob ko‘chasi;
•    Nukus ko‘chasi;
•    Amir Temur ko‘chasi;
•    Avliyoota ko‘chasi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing