Ertaga Toshkentning ayrim hududlari “svet”siz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 iyul kuni Toshkent shahrining ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

•  Uchtepa tumani: “Oq masjid” va “Xurshid” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

•  Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

•  Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektr ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing