Ertaga Toshkentdagi qaysi ko‘chalar yopilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan ertaga, 9 noyabr kuni poytaxtning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi. 

9 noyabr kuni sammit yig‘ilishining asosiy tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan, Islom Karimov-Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur-Islom Karimov chorrahasigacha harakat ertalabki soat 8:00 dan 18:00 qadar cheklanishi rejalashtirilmoqda. 

"Haydovchilar uchun aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tashkil etilgan. Hurmatli yurtdoshlar va poytaxtimiz mehmonlari, yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishingizni va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlayotgan YPX inspektorlari talablarini aniq bajarishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha yopilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made