Ertaga Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 6 dekabr kuni Toshkent shahrining qator ko‘chalari II Xalqaro Toshkent marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 10:00 dan 14:15 ga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:

•    Afrosiyob va Oybek ko‘chalarining bir qismi – “O‘zbekiston” metro bekati chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha;

•    Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•    Abdulla Qodiriy ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Abdulla Qodiriy bog‘i yaqinidagi aylanib qaytish yo‘ligacha (razvorot) bo‘lgan qismi;

•    Beshyog‘och ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

•    Islom Karimov shoh ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan “O‘zbekiston” metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

Ko‘chalar yopilishi munosabati bilan 2, 12, 13, 14, 16, 17, 18, 22, 26, 29, 35, 37, 38, 46, 51, 55, 57, 58, 67, 68, 78, 80, 81, 93, 97, 98, 100, 101, 109, 123, 127,  140, 141, 150, 151, 190 sonli avtobus yo‘nalishlari soat 10:00 dan 15:00 gacha suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Shu sababli, “Toshshahartransxizmat” AJ mazkur yo‘nalishli avtobuslardan harakatlanuvchi yo‘lovchilar o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etgan.


Maqola muallifi

Teglar

marafon avtobus ko'cha

Baholaganlar

429

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing