Ertaga Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 15 may kuni Toshkentda “Men g‘olib” shiori ostida sport marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalar vaqtina yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

15 may kuni soat 06:00 dan soat 10:00 ga qadar quyidagi poytaxt ko‘chalari yopiladi:

•    Qoraqamish 4-tor va Qoraqamish 2-tor ko‘chalari kesishmasidan Qoraqamish 4-tor ko‘chasi bo‘ylab, undan Talabalar ko‘chasiga ulanib, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;

•    Kichik halqa yo‘li va Talabalar  ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha; 

•    Sag‘bon va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Qoraqamish ko‘chasi kesishmasigacha;

•    Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Oltinsoy ko‘chasi kesishmasigacha;

•    Oltinsoy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Oltinsoy ko‘chasi bo‘ylab Dilsaroy ko‘chasi kesishmasiga;

•    Oltinsoy va Dilsaroy ko‘chalari kesishmasidan Dilsaroy ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing