Ertaga Toshkentdagi ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 27 avgust kuni Toshkentdagi ikkita ko‘cha avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagi ko‘chalar yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 27 avgust kuni soat 9:00 dan soat 13:00 ga qadar vaqtincha yopiladi:

•    Seul ko‘chasi Furqat ko‘chasi bilan kesishmasidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha; 

•    Mo‘minova ko‘chasi Shahriobod ko‘chasi bilan kesishmasidan Do‘rmon yo‘li ko‘chasigacha.

“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha

Baholaganlar

109

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing