Ertaga Toshkentdagi 3 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoladi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2023
6029Toshkent shahrining 2 tumani kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Bildirilishicha, ertaga 19 sentyabr kuni Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi.
Bektemir tumani (09:00 dan 19:00 gacha): “Iyk ota” va “Gulbog‘” mahallalari: Aholi xonadonlari soni – 1900 ta,
ulgurji iste’molchilar soni – 62 ta.
Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “No‘g‘ay qo‘rg‘on”, “Kubaytepa” va “Qutbaraka” mahallalari: Aholi xonadonlari soni – 1301 ta, ulgurji iste’molchilar soni – 14 ta.
“Hududgazta’minot” AJ mazkur uzilishlar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabridan kuchga kiradigan yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qolgan. Ya’ni 1 oktyabrdan so‘ng ham aholiga elektr energiyasi 295 so‘mdan, tabiiy gaz 380 so‘mdan va suyultirilgan gaz 1120 so‘mdan sotilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi