Ertaga Toshkentda Osiyo chempionati saralash bahslari boshlanadi

Sport

image

Shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkent shahrida U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur saralash o‘yinlarining “F” guruhi 
doirasida O‘zbekiston, Hindiston va Tojikiston olimpiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. 

Bugun har uchchala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumani soat 14:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.
 
Ma’lumot uchun saralashning barcha o‘yinlari “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkaziladi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarining taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan: 
 
22 mart, soat 17:00
O‘zbekiston – Hindiston
 
24 mart, 17:00
Tojikiston – Hindiston
  
26 marta, 17:00
O‘zbekiston – Tojikiston

Eslatib o‘tamiz guruh g‘olibi Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Osiyo chempionati esa, 2020 yilning yanvar oyida Taylandda start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

U-23 Osiyo chempionati

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing