O‘zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashi uchrashuvlarida ishlaydi

Sport

image

Joriy yilning 22-26 mart kunlari butun Osiyo bo‘ylab U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinlvrni boshqarib borish uchun bir qator O‘zbekistonlik hakamlar ham taklif olishdi.

Jumladan, Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov Saudiya Arabistonida bo‘ladigan saralashda ishtirok etishsa, Timur Gaynullin Myanmadagi saralash o‘yinlarini boshqarib boradi. Sherzod Qosimov va Alisher Usmonov Vetnamga yo‘l olishadi. Valentin Kovalenko esa Bahraynda bo‘ladigan saralash bahslariga taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan bahslarda ishtirok etadi. Saralash o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Olimpiya terma jamoasiga Hindiston va Tojikiston terma jamoalari raqiblik qilishadi. O‘yinlarning barchasi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

U-23 Osiyo chempionati

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing