Ertaga Toshkent va boshqa hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
08 fevral 2023
16003Ertaga, 9 fevral kuni yana poytaxt Toshkentda qor yog‘ib, havo harorati -2 gacha tushishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
9 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi, kechga tomon 0-2° iliqgacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduz 4-9° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
Surxandaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridaa havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi