Ertaga Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning favqulodda sammitida qatnashadi
Jamiyat
−
09 aprel 2020
12420Ertaga, 10 aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi raisi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan kengashning favqulodda sammiti o‘tkaziladi. "APA" axborot portali xabar berdi.
Sammit videokonferensiya tarzida tashkil etiladi. Navbatdan tashqari sammitda koronavirus pandemiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilgandi. Shu tariqa mamlakat kengash a’zosiga aylangandi.
LiveBarchasi