Ertaga Namanganning ayrim hududlarida elektr energiyasi bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 17 noyabr kuni Namangan viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

17 noyabr kuni “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish direksiyasi” UKning xatiga asosan yangi qurilayotgan 220 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ining Namangan viloyati Kosonsoy tumanini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kVli “L-Koson-1” va “L-Koson-2” havo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishmasida xavfsiz ish bajarilishi maqsadida o‘chirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yakshanba kuni soat 07:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Kosonsoy tuman hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida uzilishlar sodir bo‘ladi.

“Ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan elektr energiyasi

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing