Ertaga Konstitutsiyaviy kengash fuqarolardan tushgan takliflarni muhokama qiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakillantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda hafta davomida Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan hafta ichida amalga oshirilgan ishlar va fuqarolardan kelib tushgan takliflar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may holatiga O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha 967 ta taklif kelib tushgandi. Kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi fuqarolar Konstitutsiyaviy komissiyaga ko‘proq taklif yo‘llagani oydinlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

7

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing