Ertaga qor yog‘adi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 19 dekabr kuni O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo qisman bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda esayotgan shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-3 daraja, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ham havo qisman bulutli bo‘ladi, joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim tumanlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 2-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab biroz bulutli bo‘ladi. Yengil yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim tumanlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, cho‘l zonasida -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida ob-havo qisman bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim tumanlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim tumanlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim tumanlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ham qor yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qor O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing