Ertaga Finlyandiya NATOga a’zo bo‘ladi
Olam
−
03 aprel 2023 5068 1 daqiqa
Ertaga, 4 aprel kuni Finlyandiya NATOga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shiladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti idorasi ma’lum qildi.
Tashkilotga yaqin turli manbalar ham ertaga, 4 aprel kuni alyans mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Finlyandiya rasman NATOga a’zo bo‘lishi kutilayotganini bildirgan.
Ularning axborotiga ko‘ra, Bryusselda respublikani NATOga qabul qilish uchun jadallashtirilgan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, so‘nggi zarur tafsilotlar aniqlanmoqda. Yaqin 24 soat ichida hammasi muammosiz kechsa, ertaga rasmiy marosim oldidan Finlyandiya bayrog‘i NATO shtab-kvartirasi oldida ko‘tarilishi mumkin.
Shuningdek, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham bu xabarlarni tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun 2022 yilning may oyida ariza topshirgan. Biroq Turkiya PYD/YPG tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni, terrorchilikda yoki 2016 yilda mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishni va ularga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qilib, a’zolik jarayoniga to‘sqinlik qilishga uringan.
Eslatib o‘tamiz, oradan deyarli 11 oy o‘tib, yilning 30 martida Turkiya parlamenti Finlyandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini maqullagan edi. 1 aprel kuni esa Prezident Erdo‘g‘an parlament qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagan, bu orqali Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zoligini ma’qullagan so‘nggi davlat bo‘lgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr