Ertaga bir nechta joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 14 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi north_east

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing