Ertaga ayrim hududlarda havo harorati +42 dan oshadi
Jamiyat
−
25 iyun 2019 7102 1 daqiqa
Kun qizdirgandan qizdiryapti. Hatto, sovutgichlarning kuchi yetmayapti quyosh taftiga qarshi turishga. Ertaga, 26 iyun kuni yanada issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni ba’zi hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi bong urmoqda.
Xususan, ana shunday ob-havo Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilishi qayd etilgan. Ularda kunduz kuni havo harorati +37... +42, kechasi +20... +25 daraja bo‘lishi mumkin.
Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +35... +40 darjagacha ko‘tarilishi, kechasi +19... +24 daraja bo‘lishi mumkin.
Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkentda havo harorati +37... +39 issiq, kechasi +20...+22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol tezligi o‘rtacha 3-8 metrni tashkil qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025