Ertaga AQSHga ilk charter reys amalga oshiriladi

Jamiyat

image

Ertaga, 26 iyun kuni Nyu-York – Toshkent va Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Aynan ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

“Ro‘yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.

Fuqarolar chiptalarni parvozdan 4 soat oldin olishlari mumkin bo‘ladi. Chiptalarni xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan topish mumkin. 

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra, 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga ko‘ra, ayrim xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan fuqarolar 14 kunlik karantin nazoratini mehmonxonada o‘tkazishlari mumkin bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing