Ertaga havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 dekabr kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Buxoro va navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tumantushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq - 3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Shuningdek, respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ob-havo

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing