Ertaga havo 38 darajagacha isiydi
Bu qiziq
−
14 aprel 2022
6251Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 15 aprel kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja,
kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Respublikasining tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi