Hafta boshida harorat 8 darajagacha ko‘tariladi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 27-29 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 27 yanvarda 9-14 daraja iliq, 28 yanvar 5-10 daraja iliq, 29 yanvar 2-7 daraja iliq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 29 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 27 yanvarda 10-15 daraja iliq, 28 yanvarda 5-10 daraja iliq, 29 yanvarda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 29 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 29 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

harorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing