Ertadan Uzbekistan Airways ichki parvozlarni to‘xtatadi

Jamiyat

image
Toshkent viloyatidagi buyum bozorlari yopiladi north_east

Toshkent viloyatidagi buyum bozorlari yopiladi

Ertaga, 24 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma’lum muddatga bekor qilganini ma’lum qildi.

Aviakompaniya ushbu vaziyatni tushunishingizni so‘rab, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalaringizni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o‘tgan.

“Sizga keyingi o‘zgarishlar haqida xabar berib turamiz. Yangiliklarni uzairways.com veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, koronavirus infeksiyasining republika bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish uchun Toshkent shahriga kirish va undan chiqish butunlay taqiqlanishini ma’lum qilgandik.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways koronavirus

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing