Ertadan niqobsiz yurganlar javobgarlikka tortiladi
Jamiyat
−
24 mart 2020
11252Xabiringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining ommaviy tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 23 martidan e’tiboran bir qator cheklovlar o‘rnatilgan edi.
Unga ko‘ra, 23 martdan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida, jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” berildi.
25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov ham tasdiqladi.
"25 mart soat 06:00 dan barcha ko‘chada yurgan fuqarolarimiz niqob bilan yurishi shart. Kim shu talabni bajarmasa, biz, albatta, ularni ma’muriy javobgarlikka tortamiz. Keyingi bajarmagan fuqarolarimizni jinoiy javobgarlikka ham tortamiz. Bu alohida qonunda belgilangan. Barcha fuqarolarimiz buni bilishi shart", deydi Ikromov.
Ma’lumot o‘rnida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi