Ertadan Qozog‘iston “muzlik davri”ga kiradi
Olam
−
06 dekabr 2023
16324Joriy yilning 7- 9 dekabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida havo harorati keskin pasayadi. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
“Sovuq shimoliy-g‘arbiy antitsiklonning kirib kelishi bilan respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilikning to‘xtashi va havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda, faqat Qozog‘istonning sharqiy va janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, kechasi havo harorati g‘arbda 10-20 darajagacha, shimoli-g‘arbiy va shimoliy hududlarda 28-38 darajagacha, mamlakatning uzoq shimolida 42 darajagacha, respublika markazi va sharqida 28-33 darajagacha, janubiy viloyatlarda 5-13 darajagacha sovushi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘ylab ham tuman tushishi, janubda esa shamol kuchayishi mumkin.
Eslatib ztamiz, avvalroq “O‘zgidromet” rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayev joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi