Ertadan pensiyalar oshirilmoqda

Olam

image

Qirg‘izistonda ertaga, 1 oktyabrdan boshlab yana pensiya miqdorini oshirish kutilmoqda. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda. 

Qayd etilishcha, har yili Hukumat pensiyalarni indeksatsiyalashni amalga oshiradi. Natijada, pensiya miqdori 4 ming 883 somdan oshmaydigan pensiyalar eng kami 300 somga oshadi va hajmi 4 ming 883 som bo‘lgan yoki undan ko‘p bo‘lgan pensiyalar eng kam miqdori 320 so‘mga oshadi.

Pensiyalarni qayta hisoblash natijalariga ko‘ra o‘rtacha o‘sish 328 somni tashkil etadi. Natijada o‘rtacha pensiya miqdori 5 ming 820 somni tashkil etadi. 667 ming nafaqaxo‘rlar uchun pensiyalarni indeksatsiya qilish uchun 659 million som, shu jumladan respublika byudjetidan pensiyalarning asosiy qismi uchun 67,3 million som va Pensiya jamg‘armasi pensiyalarining sug‘urta qismlari uchun 592 million so‘m talab qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston pensiya miqdori oshiriladi

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing