Ertadan “gaz zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 fevralidan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda. Shu sababli ertadan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Shuningdek, AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati joriy yilning 30 yanvaridan boshlab qayta tiklangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing