O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar bosqichma-bosqich to‘liq ishga tushadi

Jamiyat

image

Bugun, 30 yanvardan boshlab ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

“Metan “zapravka”lar hozircha ma’lum grafik asosida ishlab turadi, gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab (taxminan 2-3 kunda) O‘zbekistondagi barcha shaxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi”, deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 12 yanvar kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati to‘xtatilgandi.

Oqibatda respublika bo‘ylab benzin quyish shoxobchalarida turnaqator navbatlar kuzatildi. Hatto ko‘plab haydovchilar avtomobillariga yoqilg‘i quyish uchun sutkalab navbat kutayotganidan shikoyat qilgan.

19 yanvar kuni esa“O‘ztransgaz” ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari odatdagi ish tartibida ishlay boshlashi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing