Ertadan havo sovishni boshlaydi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston hududiga kirib kelgan issiq havo ertaga, 21 iyuldan boshlab 6–9 darajaga pasaya boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shuningdek, haroratning eng past ko‘rsatkichlari joriy yilning 23 iyulidan boshlab kuzatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zgidromet joriy yilning 21–24 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing