Errol Maskning oilasi uni jinsiy zo‘ravonlikda aybladi – NYT
Olam
−
23 Sentabr 7191 2 daqiqa
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Maskning otasi Errol o‘gay hamda o‘z farzandlariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda. Bu haqda politsiya va sud protokollari hamda Errol Maskning qarindoshlariga tayanib, “The New York Times” (NYT) xabar berdi.
“Ilon Maskning otasi bilan aloqasining uzilishiga olib kelgan muhim omillardan biri Errol Maskka qo‘yilgan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari bo‘ldi. Bu ayblovlar Ilon Maskning hayotiga ham bir necha bor ta’sir ko‘rsatgan, chunki qarindoshlari undan yordam so‘rab murojaat qilgan va u ba’zida ularni himoya qilishga uringan. Buni shaxsiy xatlar tasdiqlaydi”, deb yozadi nashr o‘z surishtiruvi asosida.
Politsiya va sud protokollari, shaxsiy yozishmalar, ijtimoiy xodimlarning guvohliklari hamda oila a’zolari bilan intervyularga ko‘ra, Errol Maskka qo‘yilgan ayblovlar uning besh farzandi va o‘gay farzandlariga taalluqli.
Eng dastalbki ayblov 1993 yilda qo‘yilgan bo‘lib, o‘shanda to‘rt yoshli o‘gay qizi qarindoshlariga Errolning unga qo‘l tekkizganini aytgan. Ba’zi oila a’zolari Errol Maskni o‘zining ikki qizi va o‘gay o‘g‘liga nisbatan ham zo‘ravonlikda ayblagan.
“Uch marta alohida surishtiruv o‘tkazilgan. Ulardan ikkitasi yakunlangan, uchinchisining tafsilotlari hozircha noma’lum. 79 yoshli Errol Mask hech qaysi jinoyat bo‘yicha sudlanmagan”, deyiladi maqolada.
Aytilishicha, zo‘ravonlik ayblovlari Masklar oilasida nizoga sabab bo‘lgan va ba’zi qarindoshlari yordam so‘rab Ilonga murojaat qilgan.
“Bizga bu masalalarda sening maslahating, yordaming va rahbarliging juda kerak, chunki biz bu bolalarning har kuni azob chekayotganini ko‘rib turibmiz”, deb yozilgan Ilonga yuborilgan xatlardan birida.
NYT ma’lumotiga ko‘ra, Ilon Mask o‘zining sobiq o‘gay onasi va ikki o‘gay singlisiga moliyaviy yordam ko‘rsatgan hamda sobiq o‘gay singlisiga oyma-oy pul yuborib turgan.
“U o‘gay oilasi va o‘gay aka-ukalarini Kaliforniyada ushlab qolishga harakat qilgan”, deb yozadi nashr.
Ilon Mask va uning advokati bu ma’lumotlarni nashrga izohlashdan bosh tortgan.
Live
Barchasi