Eronning yangi Oliy rahnamosi hushsiz holda davolanmoqda – OAV

Olam

image

Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH va Isroil razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, “The Times” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, bu haqda AQSH va Isroil razvedka ma’lumotlariga asoslangan diplomatik qaydlardan ma’lum bo‘lgan, biroq rasmiy tasdiq yo‘q. Nashrning yozishicha, Xomanaiy Qum shahrida hushsiz holatda davolanmoqda va mamlakat rahbariyatida qarorlar qabul qilmayapti.

Shuningdek, ushbu qayd Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi ittifoqchilarga topshirilgani va bu Xomanaiyning qayerda ekanligi ko‘rsatilgan birinchi hujjat ekani aytilmoqda. Eron tomoni esa yangi rahnamo saylangan kundan boshlib kichik Xomanaiy hokimiyatda ekanini ta’kidlab kelmoqda.

Qayd etish joiz, bungacha Mujtabo Xomanaiy yo o‘lgan, yoki og‘ir yaralangan degan bayonotlar paydo bo‘lgan edi. Bu haqda ba’zi rasmiy shaxslar, jumladan, AQSH Prezidenti ham gapirgan, biroq Eronda bu ma’lumot rad etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni Eronda yangi Oliy rahnamo saylangani e’lon qilingandi. U halok bo‘lgan Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li – 56 yoshli Mujtabo Xomanaiy bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiyning yaralangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Buni mamlakat Prezidentining o‘g‘li rad etdi. Keyinchalik Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy yangi Oliy rahnamo haqiqatan ham yaralangani, ammo o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi.

17 mart kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning yangi Oliy rahnamosi sog‘-omon ekani va tez orada xalqqa murojaat qilishini bildirdi. 20 mart kuni AQSH Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard Eron Oliy rahnamosining sog‘lig‘i bo‘yicha bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy og‘ir jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mujtabo Xomanaiy Oliy rahnamo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing