Eronning raketa zarbasi oqibatida 9 isroillik halok bo‘ldi

Olam

image

Quddus yaqinidagi Beyt-Shemesh shahrida Eron raketasi turarjoy binosiga urilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil milliy tez tibbiy yordam xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 20 dan ortiq kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan. Ikki nafar yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Voqea joyiga Ichki qo‘shinlar xizmatining katta kuchlari, tibbiy brigadalar, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruv guruhlari safarbar etilgan. Jarohatlanganlarning bir qismini vayron bo‘lgan bino qoldiqlari ostidan olib chiqishga to‘g‘ri kelgan, ba’zilar esa vayron bo‘lgan xonadonlardan evakuatsiya qilingan.

Isroil Mudofaa armiyasi (SAHAL) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlabki tekshiruv erta ogohlantirish tizimlari soz holatda ekanini ko‘rsatgan. Ogohlantirishlar oldindan yuborilgan, raketa tushgan hududda sirenalar odatdagi tartibda ishlagan. Raketaning binoga tegishi bilan bog‘liq holat o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari kecha, 28 fevral kuni ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgan – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Quddus Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing