Eronning Qeshm va Xark orollarida portlashlar yuz berdi

Olam

image

AQSHning Eronga bergan zarbalari ortidan bugun, 8 iyul kuni ertalab Fors ko‘rfazida joylashgan va Eron neft eksportining asosiy markazi hisoblangan Xark va Qeshm orollarida bir nechta kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda “Press TV” xabar berdi. 

Eron sohillaridan sakkiz kilometr uzoqlikda joylashgan Xark oroli Tehron uchun strategik ahamiyatga ega iqtisodiy markaz hisoblanadi. 

Mamlakat xom neft eksportining taxminan 90 foizi aynan shu orqali amalga oshiriladi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozida joylashgan Qeshm orolida ham yangi portlashlar to‘lqini kuzatilgan.

Avvalroq, Respublikaning Sirik va Bandar Abbos port shaharlarida ham portlashlar yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq “Tasnim” axborot agentligi Bandar Abbos va Qeshmdagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eronning Hormuz bo‘g‘ozida uchta kemaga uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etganini iddao qilib, bunga javoban Islom Respublikasi hududidagi qator nishonlarga kuchli zarbalar berilishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing