Eronning Isroilga zarbasi Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi – TIV

Olam

image

14 aprelga o‘tar kechasi Eronning Isroil hujumiga javoban o‘tkazgan yirik operatsiyasi mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon aytib o‘tdi.

“Shubhasiz, qonuniy mudofaa tamoyili asosida umume’tirof etilgan xalqaro qonunlar va me’yorlarga muvofiq amalga oshirilgan ushbu murakkab harbiy operatsiya Yaqin Sharq mintaqasidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi. Bu Islom va Eron dushmanlariga qarshi mamlakatning to‘xtatuvchi kuchini yana bir bor namoyon etdi”, degan Abdullohiyon. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlar “eronliklar orasida vatanparvarlik tuyg‘usining kuchayishiga” ham yordam bergan.

Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi

Joriy yilning 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing