Eronning Isroilga qarshi bo‘linmasi rahbari “Mossad” agenti bo‘lib chiqdi

Olam

image

Eron Isroilga qarshi kurashish uchun maxsus bo‘linma tuzgan, ammo bu bo‘linma rahbari Isroil razvedkasi – “Mossad”ning agenti bo‘lib chiqdi. Bu haqda Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga tayanib, “Haberler” xabar berdi.

Mahmud Ahmadinajodga ko‘ra, Tehron tomonidan Isroilga qarshi kurash uchun maxsus bo‘linma tashkil etilgan, lekin bu bo‘linma rahbari Isroil razvedkasi “Mossad”ning agenti bo‘lib chiqqan. Sobiq prezidentning bu bayonoti “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilishidan keyin Eronni josuslikda ayblovchi da’volarga javoban e’lon qilindi.

“Biz Isroilga qarshi kurashish uchun bo‘linma tuzdik, lekin uni boshqargan odam “Mossad” agenti bo‘lib chiqdi", deydi Ahmadinajod.

“Le Parisien” nashri Livan xavfsizlik xizmatlaridagi manbasiga tayanib, Nasrullohning “Hizbulloh” shtab-kvartirasiga yetib kelgani haqida Isroil tomoniga Eronning yashirin agenti ma’lumot bergani haqida yozdi. “Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra esa, Isroil razvedkasi yillar davomida “Hizbulloh”, ularning tuzilmasi va joylashuvini aniqlash uchun katta miqdorda ma’lumot to‘plagan. Bu ma’lumotlar ko‘pincha harbiylar turmush o‘rtoqlarining telefonlari, televizor pultlari va buzilgan kuzatuv kameralari orqali olingan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 27 sentyabr kuni Bayrutga qilingan hujum paytida “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik bu xabarni “Hizbulloh” guruhining o‘zi ham tasdiqladi. Shundan so‘ng, Livan Bosh vaziri Najib Mikati Hasan Nasrulloh o‘limi munosabati bilan 30 sentyabrdan 2 oktyabrgacha uch kunlik motam e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil “Mossad”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing