Eronning Fransiyadagi elchixonasiga hujum uyushtirildi
Olam
−
10 Sentabr 2023 4845 1 daqiqa
Eronning Fransiya poytaxti Parijdagi elchixonasiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, noma’lum shaxs diplomatik vakolatxonaning konsullik bo‘limi joylashgan binoning orqa eshigiga o‘t qo‘ygan.
TASS muxbirining ishonch bildirishicha, elchixona binosiga Frenel ko‘chasidan kirish yo‘llari yopiq, yongan eshik oldiga esa metall to‘siqlar o‘rnatilgan.
Ko‘chada politsiya ekipaji ham bor, biroq politsiya voqea tafsilotlariga oydinlik kiritmagan.
“Tasnim” agentligi ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot bermagan.
Live
Barchasi