Eronning Damashqdagi elchixonasi qayta ish boshladi

Olam

image

Eronning Suriya poytaxti Damashqdagi elchixonasining konsullik bo‘limi Isroil hujumi tufayli to‘rt kunlik tanaffusdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda Eronning "Mehr" axborot portali xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, avvalgi vayron bo‘lgan bino yonida Eron elchixonasi konsullik bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilgan. 

Eron elchixonasining konsullik bo‘limi dushanba kuni Isroilning raketa hujumi oqibatida butunlay vayron bo‘lgan Suriyaning Damashq shahridagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining egizak binolaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil hujumi oqibatida 13 kishi, jumladan, Suriya hukumatiga terrorchilik guruhlariga qarshi kurashda yordam berayotgan 7 nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘lgan edi.  Eron Shahed dronlari va qanotli raketalardan foydalangan holda Isroilga qarshi javob zarbasini 10 aprelgacha berishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron elchixona Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing