Eronliklar Xomanaiy ko‘rinish bermayotganidan xavotirda – NYT

Olam

image

Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy 25 kundan beri omma oldida jonli ko‘rinish bermayapti. Bu esa mamlakatda xavotir va mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Ushbu vaqt oralig‘ida Xomanaiy faqat ikki marta – video murojaat va X ijtimoiy tarmog‘i orqali xalqqa murojaat qilgan. Holbuki, u odatda diniy marosimlarda doimiy ishtirok etardi va muhim tadbirlarni o‘tkazib yubormasdi.

Eron ichida Oyatulloh kasalligi yoki hattoki vafot etganiga doir har xil xavotir va taxminlar tarqalmoqda. Biroq nashr manbalariga ko‘ra, ehtimol u 13 iyunda Isroil tomonidan Eronning yadro ob’ektlariga uyushtirilgan zarbalardan so‘ng yerosti bunkeriga o‘tkazilgan.

Eronlik siyosatshunos Ali Fathulla-Najodning aytishicha, 12 kunlik harbiy to‘qnashuv Eron uchun “Xomanaiydan keyingi davr”ning boshlanishini bildiradi. Unga ko‘ra, Oyatulloh endi o‘z vazifasini bajara oladigan jismoniy va ruhiy holatga ega emas, shu sabab voris masalasi allaqachon muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The New York Times” Tehrondagi manbalariga tayanib, Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ziga suiqasd uyushtirilgan taqdirda lavozimini egallash uchun uchta nomzodni tanlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing