Eronlik talaba Belarusga koronavirus olib keldi
Olam
−
28 fevral 2020
6717Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun, 28 fevral kuni mamlakatda ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatilgan. U Eron fuqarosida aniqlangan.
“Belarusga koronavirusga chalingan ilk odam kirib keldi. Ma’lum qilamizki, 27 fevral kuni Respublika Epidemiologiya va Mikrobiologiya Ilmiy-amaliy markazida o‘tkazilgan testlar eronlik talabalardan birida 2019-nCoV koronavirusi mavjudligini ko‘rsatdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Bemor respublika hududiga 22 fevral kuni Bokudan parvoz bilan kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor va u bilan aloqada bo‘lgan odamlar Minsk yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ta’kidlanishicha, talaba o‘zini qoniqarli his qilmoqda.
LiveBarchasi