Eronlik sportchi JCHdagi g‘alabasini Raisiyga bag‘ishladi

Sport

image

Eronning 2024 yilgi paraatletika bo‘yicha jahon chempionati oltin medali sohibi Amir Husayn Alipur o‘z mukofotini vertolyotda halokatga uchragan mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga bag‘ishladi. Bu haqda IRIB telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 17-25 may kunlari Yaponiyada Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yengil atletika bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionatida sportchi erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha turnir finalida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, 19 may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. U bilan birga tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdulloxiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati, Tabriz shahrining imomi Muhammad Ali Ale Hoshem va prezident qo‘riqchisi boshlig‘i halok bo‘lgan. Mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyunga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron jamoasi Olimpiada o‘yinlarida marhum prezident sharafiga boshqa nom bilan qatnashishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing