Eronlik olimning o‘limi. Rossiya urush xavfini baholadi

Olam

image

Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Eron yadro dasturi asoschilaridan biri Muxsin Faxrizodaning o‘ldirilishi sababli urush boshlanishi xavfini baholadi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida yozib qoldirdi.

Uning fikriga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqealar qurolli to‘qnashuvning boshlanishiga olib kelmaydi. 

“Tehron AQSHning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga qaytishidan manfaatdor. Suiqasd taranglikni kuchaytirish va bunday ssenariyni buzishga qaratilgani aniq. Eron urush uchun sabab bermaydi, chunki bunday qilishini dushmanlari kutmoqda”, dedi siyosatchi.

Ma’lumot o‘rnida, Eronning yadro dasturini ishlab chiqqan yuqori martabali yadrochi olim Muhsin Faxrizoda Tehron yaqinida hujum qurboni bo‘ldi.

Shundan so‘ng, “New York Times” nashri AQSH razvedka xizmati eronlik yadro fizigi Mohsen Fahrizodaning o‘ldirilishi ortida Isroil turganini da’vo qilayotganini yozdi.

O‘z navbatida, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ham olimning o‘limida Isroilni aybladi.

Voqealarni kuzatib turgan BMT dunyo mamlakatlariga fizik Muxsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Muxsin Faxrizoda

Baholaganlar

565

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing