Eronlik futbolchilarning yaqinlariga mamlakat rasmiylari tahdid qilmoqda

Sport

image

29 noyabr kuni AQSH bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan Eron terma jamoasi o‘yinchilarining qarindoshlariga, agar o‘yinchilar o‘zini “to‘g‘ri tutmasa” qamoq va qiynoqlar bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda jurnalist Natasha Bertrand CNN muxbiri Sem Kili ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Qatardagi turnirda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining o‘nlab ofitserlari milliy terma jamoa futbolchilarini kuzatmoqda. Futbolchilarga terma jamoa joylashgan hududni tark etish va xorijliklar bilan uchrashish taqiqlanadi.

29 noyabr kuni Eron terma jamoasi AQSH terma jamoasi bilan guruh bosqichining 3-tur uchrashuvini o‘tkazadi.

"B" guruhida 4 ochko bilan Angliya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. AQSH terma jamoasi ikki durang bilan 2 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. 2-o‘rinni esa 3 ochkoga ega eronliklar band etgan. Uels guruh jadvalini 1 ochko bilan yakunlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSH Eron

Baholaganlar

713

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing