Eronga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekistonning ikki futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytdi
Sport
−
22 mart
5668Jahon chempionati saralash bosqichi 8-turi oldidan jarohatidan forig‘ bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Sherzod Nasrullayev va Oston O‘runov umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘yinni jarohati sababli o‘tkazib yuborgan vinger Oston O‘runov hamda himoyachi Sherzod Nasrullayev bugun, 22 mart kuni bo‘lib o‘tgan umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Mashg‘ulot yopiq tarzda o‘tdi. Har ikkala futbolchi 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Eron-O‘zbekiston o‘yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi o‘yin oldidan yana bir jiddiy yo‘qotish bor. Bu jamoa yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov. Masharipov 20 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda sariq kartochka oldi va kartochkalari ko‘payib ketgani sabab Eronga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur. Eron-O‘zbekiston uchrashuvi 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart